platina.uz
Jahon

Jurnalistlar oʻlimining 85 foizi ochilmay qolayotgani aytildi

Jurnalistlar oʻldirilishining eng koʻp tasdiqlangan holatlari arab davlatlari, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida qayd etilgan. 

Jurnalistlar oʻlimining 85 foizi ochilmay qolayotgani aytildi

Dunyo boʻyicha jurnalistlar oʻlimining 85 foizi ochilmay qolmoqda.

Butun dunyoda jurnalistlar oʻldirilishi holatlarining oʻndan toʻqqiztasi ochilmay qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan yoʻllagan murojaatida malum qildi.

“Men Gʻazoda jurnalistlarning oʻldirilishini qoralayman, ularning koʻpligidan gʻazablanaman va mustaqil hamda xolis tergov oʻtkazishga chaqiraman. Xalqaro jurnalistlarning Gʻazoga kirishiga toʻsqinlik qiluvchi taqiq mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", — deydi Antoniu Guterrish.

Jurnalistlar oʻldirilishining eng koʻp tasdiqlangan holatlari arab davlatlarida (82), Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida (34), Afrikada (5), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (30) hamda Yevropa va Shimoliy Amerikada (12) qayd etilgan.

"Chegarasiz muxbirlar" tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2023 yildan 2025 yilgacha kamida 1163 nafar jurnalist hibsga olingan.

Ulardan 568 nafari 48 mamlakatda hamon hibsda qolmoqda. BMT Bosh kotibining fikricha, davlatlar tezkor, puxta, xolis va mustaqil tergov yoʻli bilan jurnalistlarni oʻldirganlik uchun jazosiz qolishga chek qoʻyishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid