platina.uz
Sport

FIFA U-17: Oʻzbekistonga biroz omad yetishmadi

Irlandiyaga qarshi ogʻir uchrashuvda oʻsmirlarimiz alamli tarzda magʻlub boʻlishdi.

FIFA U-17: Oʻzbekistonga biroz omad yetishmadi

Qatarda boʻlib oʻtayotgan jahon chempionati J guruhidagi 2-tur markaziy oʻyinida Oʻzbekiston Irlandiyaga magʻlub boʻldi.

Guruh peshqadamlari oʻrtasidagi bahs murosasiz va keskin kechishi oldindan kutilgan edi. Oʻzbekiston terma jamoasi yaxshi oʻynadi, ammo ozgina omad yetishmadi.

20-daqiqada Shukurullayev ajoyib zarba bilan hisobni ochgan boʻlsa, 33-daqiqada ikkinchi qavatda ustunlik namoyish etgan irlandlar hisobni tenglashtirishdi.

Ikkinchi taymda oʻyin yanada qizgʻin tus oldi. Raqiblar 75-daqiqada yana oʻsha ustunligidan foydalanib, hisobda oldinga chiqib olishdi.

Guruhning narigi oʻyinida Paragvay Panama ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Guruhda hozir Irlandiya 6 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi.

3-tur oʻyinlari 11 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

FIFA U-17, J guruhi, 2-tur

Irlandiya - Oʻzbekiston 2:1
Gollar: MakDonell 33, Nunan 75 - Shukurullayev 20.

Paragvay - Panama 2:1
Gollar: Aranda 51, Villaba 54 - Prito 90+4 avtogol.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid