Faxriy futbolchi Toʻlagan Isoqov vafot etdi
U futbolchi sifatida “Paxtakor” sharafini 13 mavsum davomida himoya qilgan va 1979 yilgi mashhur tarkibda omon qolgan kam sonli futbolchilardan edi.

Faxriy futbolchi Toʻlagan Isoqov vafot etdi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi, OʻFA Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Murabbiylar kengashi aʼzosi, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" Toʻlagan Isoqov vafot etdi.
U futbolchi sifatida “Paxtakor” jamoasi sharafini 13 mavsum davomida munosib himoya qilgan, 252 oʻyinda maydonga tushib, 52 gol kiritishga muvaffaq boʻlgan. U jarohat sabab oʻynamagani uchun 1979 yilgi "Paxtakor" aviahalokatidan omon qolgan edi. Xuddi shu yili Isoqov faoliyatini yakunladi.
Murabbiylik faoliyatida davomida “Paxtakor”, “Zarafshon” va “Surxon” jamoalarini boshqargan, shuningdek, soʻnggi yillarda OʻFA faxriylar kengashiga rahbarlik qilgan.