Oʻzbekistonda AQShning ilgʻor tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuvida qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan muzokara oʻtkazdi.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar koʻpayib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi. Oʻzbekistonda AQShning 300 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, energetika va innovatsiya sohalarida qator yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Muloloqot chogʻida savdo aloqalarini mustahkamlash, hududlararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash taʼsis etishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. AQShdan soya va paxta yetkazib berish, shuningdek, Amerikaning ilgʻor tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha dastlabki shartnomalar tuzilgan.
Muzokaralar yakunida qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya platformasini yaratish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.