platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonda Apple Pay va Google Pay toʻlov tizimlari ishga tushadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekistonda Apple Pay va Google Pay toʻlov tizimlari ishga tushadi

Vashington shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbirda AQSh savdo vaziri Xovard Latnik, Prezidentning maxsus yordamchisi Rikki Gil, Prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli, qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Stiven Vaden, shuningdek, Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasi rahbarlari, “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Meta”, “Google”, “Amazon”, “Boeing”, “Air Products”, “Axiom Space”, “Cove Capital”, “Freeport-McMoRan”, “Orion CMC”, “Cargill Cotton”, “John Deere”, “Honeywell”, “Valmont Industries”, “Flowserve Corporation” kabi yirik korporatsiya va kompaniyalarning yuqori darajadagi menejerlari ishtirok etdi.

Davlat rahbari AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan boʻlajak uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikning aniq yoʻnalishlari va yangi qoʻshma tashabbuslar muhokama qilinishini maʼlum qildi.

2030 yilga borib Oʻzbekistonda 18-20 gigavattlik qayta tiklanuvchi quvvatlarga ega yangi energetika tizimi yaratiladi, elektr energiyasining yarmidan koʻpi quyosh va shamol energiyasi hisobidan ishlab chiqariladi.
Shu maʼnoda, Oʻzbekiston va AQSh uran, mis, volfram, molibden va grafit qazib olish hamda chuqur qayta ishlashni rivojlantiradi. Ishonchli yetkazib berish zanjirlarini yaratish va AQShning ilgʻor qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, avtomobil va temir yoʻllar, terminallar va aeroportlarni modernizatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli dastur amalga oshirilmoqda. 2030 yilgacha transport infratuzilmasini rivojlantirishga 12 milliard dollardan ziyod mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Maʼlum qilinishicha, AQShning “Google”, “Meta”, “NVIDIA” kompaniyalari bilan raqamli hamkorlik kengaymoqda. Apple Pay va Google Pay toʻlov tizimlarini joriy etish, Raqamli akademiya va startap-xablar tarmogʻini yaratish rejalari ham ochiqlandi.

Bunday loyihalarni ilgari surish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun DFC korporatsiyasi hamda AQSh Eksimbanki jalb qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid