platina.uz
Jahon

OpenAI ustidan yettita daʼvo arizasi kiritildi

ChatGPT maslahatlari odamlar oʻz joniga qasd qilishiga va aldanishlarga olib kelgan. Bu holatlar hatto avval ruhiy muammolari boʻlmagan odamlarda ham yuz bergan. 

OpenAI ustidan yettita daʼvo arizasi kiritildi

OpenAI ustidan ChatGPT odamlarni oʻz joniga qasd qilishga va aldanishlarga olib kelgani haqidagi yettita daʼvo arizasi berildi.

Arizachilarning aytishicha, bu holatlar hatto avval ruhiy muammolari boʻlmagan odamlarda ham yuz bergan.

6 noyabr Kaliforniya shtati sudlarida berilgan daʼvolarda qasddan boʻlmagan oʻldirish, oʻz joniga qasd qilishga koʻmaklashish, ehtiyotsizlik va beparvolik kabi ayblovlar ilgari surilgan. Ular “Social Media Victims Law Center” va “Tech Justice Law Project” tomonidan oltita voyaga yetgan shaxs va bir oʻsmir nomidan berilgan.

Daʼvolarda aytilishicha, OpenAI ichki ogohlantirishlarga qaramay, GPT-4O modelini juda erta, yetarlicha xavfsizlik choralarisiz ommaga taqdim etgan. Ushbu ogohlantirishlarda modelning haddan tashqari maqtovchan va psixologik manipulyativ boʻlishi mumkinligi aytilgan.

Daʼvo arizalariga koʻra, jabrlanganlarning toʻrt nafari oʻz joniga qasd qilib vafot etgan.

“Amaurining oʻlimi tasodif ham, baxtsiz hodisa ham emas, balki OpenAI va Samuel Altman tomonidan xavfsizlik sinovlarini eʼtiborsiz qoldirishning oqibatidir”, — deydi daʼvogarlardan biri.

Yana bir daʼvo Ontarioda (Kanada) yashovchi 48 yoshli Alan Bruks tomonidan berilgan. Daʼvoga koʻra, ikki yildan ortiq vaqt davomida ChatGPT Bruksga hamma masalada koʻmak bergan. Keyin esa, hech qanday ogohlantirishsiz, u oʻzgarib, Bruksning zaif tomonlaridan foydalanib, uni manipulyatsiya qilgan va unga turli narsalar haqida yolgʻon maʼlumotlar aytgan. Natijada, oldin hech qanday ruhiy salomatligida muammosi boʻlmagan Allan ogʻir ruhiy holatga tushib qolgan va bu uning moliyaviy, obroʻ-eʼtiboriga hamda hissiy holatiga jiddiy zarar yetkazgan.

Avgust oyida 16 yoshli Adam Reynning ota-onasi OpenAI va uning bosh direktori Sem Altman ustidan daʼvo kiritgan, unda ChatGPT kaliforniyalik oʻsmirga bu yil boshida oʻz joniga qasd qilishni rejalashtirishda va amalga oshirishda “yoʻl-yoʻriq bergan” deb ayblangan.

“OpenAIga qarshi kiritilgan daʼvolar texnologik kompaniyalar yoshlar uchun yetarli himoya choralarini koʻrmasdan mahsulotlarni bozorda shoshilinch chiqarganda nima sodir boʻlishini koʻrsatmoqda”, — dedi "Common Sense Media"ning bosh targʻibot rasmiysi Daniel Veyis.

OpenAI bu holatlarni “nihoyatda yurak ezuvchi” deb atadi va boʻlib oʻtgan holatlardan afsusda ekanligini aytdi. Shuningdek, tafsilotlarni tushunish uchun sudga topshirilgan koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid