Nukus - Urganch poyezdi narxi 2 karra oshiriladi
Yangi tariflar xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va yoʻlovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilayotgani aytilgan.

22 noyabrdan boshlab 6354-6353-sonli “Nukus–Urganch–Nukus” yoʻnalishida qatnovchi shaharlararo poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilgan.
Yangi chipta narxlari:
- Kattalar uchun — 40 000 soʻm;
- Bolalar uchun — 21 500 soʻm.
Yangi tariflar xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va yoʻlovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilayotgani aytilgan..
Shu yil 27 sentabrda ishga tushirilgan ushbu yoʻnalishdagi poyezd narxlari ayni paytda kattalar uchun 20 ming soʻm, yosh bolalarga 11500 soʻmni tashkil etadi.
Poyezd ertalab Nukusdan soat 5:30 da joʻnab, soat 8:50 da Urganchga yetadi. Urganchdan soat 15:30 da yurib, Nukusga 18:50 da kirib boradi.