platina.uz
Jahon

“Grin karta” dasturi hali ochilgani yoʻq – AQSh hukumati

Endi lotereyada qatnashmoqchi boʻlgan har bir ishtirokchidan 1 dollardan pul undiriladi.

“Grin karta” dasturi hali ochilgani yoʻq – AQSh hukumati

Internetda “DV-2027 uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi” degan soxta xabarlar tarqalgan. Bu xabarlar yolgʻon, deb xabar berdi AQSh davlat departamenti.

DV-2027 dasturi boʻyicha rasmiy roʻyxatdan oʻtish sanasi va jarayon haqidagi maʼlumotlar faqat AQSh davlat departamenti tomonidan eʼlon qilinadi.

AQSh Davlat departamenti Diversity Visa (DV) dasturiga roʻyxatdan oʻtish jarayonida ayrim oʻzgarishlarni joriy etmoqda. Shuningdek, endi lotereyada qatnashmoqchi boʻlgan har bir ishtirokchidan 1 dollar miqdorida pul undiriladi.

DV-2027 dasturi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanish sanasi va tanlov natijalarini Entry Status Check (ESC) orqali koʻrish mumkin boʻladigan sana yaqin vaqt ichida eʼlon qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid