Bank binolarining pasportlari raqamlashtirildi
MKBANK FIDO-BIZNES bilan hamkorlikda boshlangan bank balansidagi binolarning texnik, huquqiy va iqtisodiy holatini raqamlashtirish hamda yagona bazada saqlash ishlari yakuniga yetkazildi.

MKBANK binosining manzili, nomi, filial kodi, qurilgan yili, konstruksiya turi, maydoni, balans qiymati, texnik holati (yongʻin xavfsizligi, elektr, isitish tizimi holati) hamda bino pasporti raqami elektron bazaga biriktirildi.
MKBANK FIDO-BIZNES bilan hamkorlikda boshlangan bank balansidagi binolarning texnik, huquqiy va iqtisodiy holatini raqamlashtirish hamda yagona bazada saqlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Shuningdek, kommunal xarajatlar ham integratsiya qilindi. Masofadan turib, elektr energiyasi sarfi, suv, gaz, isitish, texnik xizmat koʻrsatish va saqlash hamda telekommunikatsiya (internet, telefon) xarajatlarini onlayn rejimda kuzatish mumkin.
Bundan tashqari, har oyda (Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi) elektron hisobot orqali maʼlumotlarni olish, avtomatik hisob-kitob va tahlil moduli (energiya samaradorligini tahlil qilish) imkoniyati paydo boʻldi.
Qisqasini aytganda, har bir bino uchun raqamli pasport yaratiladi — bu pasport orqali bino haqida toʻliq maʼlumotni istalgan vaqtda olish imkoniyati mavjud boʻladi.
Bank tomonidan kelgusida qoʻshimcha tarzda har bir bank binosi uchun yer uchastkasi bilan geokoordinata asosida bogʻlash hamda tizim GIS (Geografik axborot tizimi) bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan. Bu orqali masofadan xaritada binolarning holatini koʻrish imkoniyati ham yaratiladi.
Bank axborot xizmati