Apple Google bilan katta kelishuvga erishishga yaqin turibdi
Bu qadam Apple uchun juda katta oʻzgarish boʻladi. Chunki kompaniya odatda faqat oʻz texnologiyalariga tayanib kelgan, biroq hozircha oʻz sunʼiy intellekti yetarlicha kuchli boʻlmagani sabab Google'ning modelidan vaqtinchalik yechim sifatida foydalanmoqchi.

Apple Googleʼga yiliga qariyb 1 milliard dollar toʻlash boʻyicha kelishuvga yaqinlashmoqda.
Google'ning Gemini sunʼiy intellekt modeli asosida tayyorlangan maxsus versiya Siri'ning yangi avlodini kuchaytirish uchun ishlatiladi.
Bu qadam Apple uchun juda katta oʻzgarish boʻladi. Chunki kompaniya odatda faqat oʻz texnologiyalariga tayanib kelgan, biroq hozircha oʻz sunʼiy intellekti yetarlicha kuchli boʻlmagani sabab Google'ning modelidan vaqtinchalik yechim sifatida foydalanmoqchi. Bu model Siri uchun ishlab chiqilayotgan yangi funksiyalarni ham qoʻllab-quvvatlaydi.
Google yaratgan maxsus sunʼiy intellekt modeli 1,2 trillion parametrga ega boʻladi va bu uning murakkabligi va imkoniyatlarini koʻrsatadi. Taqqoslash uchun, Apple Intelligence'ning hozirgi bulutga bogʻlangan versiyasi 150 milliard parametrga ega. Demak, Google modeli bilan Apple'ning yangi Siri modeli oldingisidan qariyb 8 baravar kuchliroq boʻladi.
Apple ushbu yil boshida OpenAI va Anthropisning AI modellari haqida ham oʻylab koʻrgan edi. Uchala kompaniyaning modellari sinovdan oʻtkazilgach, Apple Google bilan davom etishni maʼqul topdi.
Bloomberg nashrining maʼlumotlariga koʻra, yangilangan Siri kelasi yil bahorida taqdim etilishi kutilmoqda. Biroq hali bir necha oy vaqt borligi sababli, bu rejalarda oʻzgarishlar boʻlishi ham mumkin.