platina.uz
Jamiyat

Andijonda 649 nafar masʼul xodim intizomiy javobgarlikka tortildi

Mingga yaqin mahallalardagi kriminogen vaziyat tahlil etildi. 4 holatda xodimlarga jinoyat ishi ochildi. 

Andijonda 649 nafar masʼul xodim intizomiy javobgarlikka tortildi

Andijon viloyatida mingga yaqin mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi. Natijada 649 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarorida aytiladi.

Qaror 2025 yil 6 noyabr kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, viloyatda 9 oyida 6.709 ta jinoyatlar roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 2.010 tasi oldini olish mumkin boʻlgan, 2.015 tasi aniqlanadigan, 2.684 tasi axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni tashkil etgan. Oldini olish mumkin boʻlgan 2.010 ta jinoyatlarning 1.011 tasi mahalla hududida oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar hisoblanadi.

Sodir etilgan 974 ta mahalla hududida oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazilgan.

Mahalla hududida oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlarning 476 tasi oʻgʻirlik, 134 tasi yengil tan jarohati yetkazish, 114 tasi oʻrtacha tan jarohati yetkazish, 50 tasi ogʻir tan jarohati yetkazish, 23 tasi talonchilik, 34 tasi oilaviy zoʻravonlik, 19 tasi qotillik, 27 tasi bezorilik, 16 tasi nomusga tegish va boshqa jinoyatlarni tashkil etgan.

Ushbu davr mobaynida 176 nafar yoshlar, 48 nafar voyaga yetmaganlar va 60 nafar ayollar tomonidan jinoyatlar sodir etilgan. Mazkur jinoyatlar boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasiga koʻra, 649 nafar masʼul xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilib, 4 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Intizomiy jazolarning 342 tasi hayfsan, 273 tasi tanbeh, 28 tasi ishdan boʻshatish, 4 tasi oylik ish haqidan ushlab qolish, 2 tasi qattiq hayfsan jazolarini tashkil etgan.

Shuningdek, intizomiy jazolarning 105 tasi mahalla raislariga, 214 tasi IIB xodimlariga, 48 tasi maktab va maktabgacha taʼlim xodimlariga, 21 tasi yoshlar ishlari agentligi xodimlari va boshqa soha vakillariga qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid