platina.uz
Jamiyat

Toshkentda tibbiyot xodimlari bayramiga 1,2 mlrd soʻm sarflanadi

Mablagʻlar poytaxt sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga ajratiladi.

Toshkentda tibbiyot xodimlari bayramiga 1,2 mlrd soʻm sarflanadi
Foto: Platina.uz

Toshkent shahrida “Tibbiyot xodimlari kuni”ga bagʻishlangan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun 1,2 mlrd soʻm pul sarflanadi.

Mablagʻlar shahar mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasi hisobidan poytaxt sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga ajratiladi.

Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (B.Haydarov) ajratilgan mablagʻ ijrosi boʻyicha xalq deputatlari shahar kengashiga hisobot kiritishi belgilangan.

Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (B.Isabekov) ajratilgan mablagʻni oʻrnatilgan tartibda va maqsadli sarflanishini taʼminlaydi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid