platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi “Uzum nasiya” boʻyicha firibgarlikdan ogohlantirdi

Fuqarolar nomiga muddatli toʻlov shartnomasi rasmiylashtirib, hech qanday tovar yetkazib berilmayotgani kuzatilgan. 

Raqobat qoʻmitasi “Uzum nasiya” boʻyicha firibgarlikdan ogohlantirdi

Raqobat qoʻmitasi ogohlantirish bilan chiqdi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi isteʼmolchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida oʻrganishlar olib bormoqda.

Soʻnggi paytlarda isteʼmolchilardan nomaʼlum shaxslar tomonidan “Uzum nasiya” nomidan qoʻngʻiroqlar qilingani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Xususan, "firibgarlar" ****21242 raqamidan qoʻngʻiroq qilib, “Siz aksiyada maishiy texnika yutib oldingiz, yutuqni olish uchun identifikatsiyadan oʻting”, degan bahona bilan fuqarolardan telefon raqamiga kelgan SMS-kodni aytishni soʻramoqda.

Aslida esa, ular fuqarolar nomiga muddatli toʻlov shartnomasi rasmiylashtirib, hech qanday tovar yetkazib berilmayotganligidan shikoyatlar koʻpaymoqda.

Qoʻmita tomonidan:

-firibgarlik yoʻli bilan masofaviy moliyaviy xizmatlar koʻrsatish holatlarini oldini olish,

- axborot tizimlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash,

- aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bunday holatlarni takrorlanmasligi choralarini koʻrish maqsadida

“SHAFFOF-MOLIYA” MChJ, “UZUM MARKET” MChJ hamda Markaziy bankka tegishli murojaatlar yuborildi.

Avvalroq qoʻmita tashabbusi bilan chiqindi boʻyicha yarim milliard soʻmdan oshiq pul aholi foydasi hisob-kitob qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid