platina.uz
Jahon

Ispaniya sobiq qiroli ukasini oʻldirib qoʻygani haqida haqiqatni ochiqladi

87 yoshli sobiq monarx hozirda Dubayda yashaydi.  Xuan Karlos 70 yil oldingi qonli xatosini esladi. 

Ispaniya sobiq qiroli ukasini oʻldirib qoʻygani haqida haqiqatni ochiqladi

Ispaniyaning sobiq qiroli ukasini qanday oʻldirganini aytib berdi.

Hozir Dubayda yashayotgan 87 yoshli sobiq monarx shu hafta oʻz xotiralarini chop ettirdi va unda ukasi Alfonso vafoti haqida yozdi.

Uning aytishicha, ular toʻpponcha bilan oʻynab turgan paytda oʻq devorga tegib qaytib, Alfonso peshonasiga kelib tekkan.

Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos 70 yil oldin oʻz kichik ukasini qanday qilib otib oʻldirib qoʻygani toʻgʻrisida birinchi bor batafsil maʼlumot berdi.

1956 yil 29 mart kuni sodir boʻlgan fojiadan soʻng hech kim bu haqida batafsil gapirmagan edi. Oʻsha paytda Alfonso atigi 14 yoshda edi.

Oʻsha paytda 18 yoshda boʻlgan Xuan Karlos Portugaliya riverasidagi Estoril shahrida yashayotgan otasi, Xuan de Borbonni koʻrish uchun yoʻlga chiqqan.

Xuan Karlosning eslashicha, u va ukasi yuqori qavatdagi xonada xizmatkor tomonidan unga berilgan 22 kalibrli toʻpponcha bilan oʻynab oʻtirishgan. Xuan Karlos toʻpponchaning magazini chiqarib olingani sababli xavf yoʻq oʻylagan. “Pistonda bir dona oʻq qolganini bilmasdik,” deb yozadi sobiq monarx.

“Bir oʻq havoga otilib chiqdi va qaytib kelib ukamning peshonasiga toʻgʻri tegdi. U otamizning quchogʻida jon berdi” - deya ushbu fojiani xotirladi.

Xuan de Borbon kenja oʻgʻlining jasadini Ispaniya bayrogʻi bilan yopgan va keyinchalik toʻpponchani dengizga uloqtirgan. Uning oʻlimi yuzasidan hech qanday sud-tergov tekshiruvi oʻtkazilmagan.

Alfonso vafotidan atigi toʻrt kun oʻtib, Xuan Karlos Ispaniyaga qaytgan. Oʻsha paytda general Franko uni oʻzining boʻlajak vorisi sifatida tayyorlayotgan edi.

Xuan Karlosning jurnalist va tarixchi Loren Debre bilan hamkorlikda yozilgan asari ispan tilida faqat dekabr oyida nashr etiladi. Bu Franco vafotining 50 yilligi va monarxiyaning tiklanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar tugaganidan keyin amalga oshiriladi.

Sobiq qirol 2014 yilda turli mojarolar, jumladan, turmush oʻrtogʻi bilan munosabatlari va moliyaviy qonunbuzarliklar haqidagi shubhalar sabab taxtdan voz kechgan edi.

Uning vorisi, Qirol Filipp VI, 21 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan asosiy yillik marosimga otasini taklif qilmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid