Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Muomalada boʻlgan boshqa asosiy valyutalar qiymati ham sezilarli oshdi.

Ertaga, 7 noyabrdan boshlab dollarning rasmiy kursi 52,25 soʻmga qimmatlab, 12 022,92 soʻm boʻladi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan belgilangan valyutalar kursida boshqa valyutalar qiymati ham sezilarli darajada koʻtariladi.
Masalan, 1 yevro 94,88 soʻmga oshib, 13 843,19 soʻm, 1 rubl esa 0,55 soʻmga oshib, 148,14 soʻm boʻladi.
