platina.uz
Iqtisod

Ayrim qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar bojxona bojidan ozod etiladi

Ular Qoraqalpogʻistondagi Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi uchun moʻljallangan boʻlishi va Oʻzbekistonda oʻxshashi boʻlmasligi kerak. 

Ayrim qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar bojxona bojidan ozod etiladi

Ayrim qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar bojxona bojidan ozod etiladi.

Prezidentning "Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi.

Qaror 2025 yil 3 noyabr kuni imzolangan.

Qaror bilan ushbu Markaz hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va metall konstruksiyalar bojxona bojidan ozod etildi.

Markazni tashkil etish maqsadida xitoylik investorlar tomonidan 2026-2030 yillarda 400 mln dollardan ziyod investitsiya kiritiladi. Markaz hududida universitet, texnopark, madaniy obʼektlar, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan korxonalar yoʻlga qoʻyiladi.

Qurilgan ijtimoiy soha obʼektlari Sogʻliqni maqlash va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazib beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid