platina.uz
Siyosat

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekistonga keladi

Tashrif 2026 yilda amalga oshiriladi. Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab safar qiladi. 

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi Oʻzbekistonga keladi.

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, Oʻzbekistonga tashrif buyurishini eʼlon qildi. Rubio 2026 yilda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.

Bu haqda 6 noyabr kuni Davlat departamentida ushbu mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etgan qabul marosimida eʼlon qildi:

"Men kelasi yili barcha beshta davlatga tashrif buyurishni niyat qilganman. Bu bir hafta yoki undan koʻproq davom etadigan safar boʻladi".

Rubio AQSh va mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish, bozorga kirish va tabiiy resurslarni qazib olish sohalaridagi manfaatlari bir-biriga mos kelishini taʼkidladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Qoʻshma Shtatlar hamkorlikni ham ikki tomonlama, ham C5+1 formatida kengaytirishni kutmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda AQShda boʻlib turibdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid