platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi

Fuqarolarga ushbu sugʻurta toʻlovlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali toʻlanadi. 

Oʻzbekistonda davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi

2026 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident farmoni eʼlon qilindi.

Bunda fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:

-majburiy asoslarda – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun bilan miqdori belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan;

-ixtiyoriy asoslarda – mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi (hozircha 63 ming 550 soʻm) har oylik sugʻurta badalining eng kam miqdorini toʻlash evaziga.

Fuqarolarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar ularning minimal sugʻurta staji va toʻlagan sugʻurta badaliga mutanosib ravishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (Jamgʻarma) orqali toʻlanadi.

Avvalroq qayta sugʻurta tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilangandi.

2026 yil 1 yanvardan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlash boʻyicha masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid