Luvr muzeyidagi oʻgʻirlik: yana bir hayratlantiruvchi fakt maʼlum boʻldi
Muzeyning xavfsizlik tizimi paroli juda sodda boʻlgan. Iqtisodiy va tarixiy qiymati oʻlchab boʻlmas darajada katta boʻlgan muassasaga nisbatan bunday sayoz munosabat koʻpchilikni ajablantirdi.

Parijdagi Luvr muzeyining videokuzatuv tizimiga kirish uchun parol "Luvr" boʻlgan.
Luvrdagi oʻgʻrilik voqeasi boshidan oxirigacha hayratlantiruvchi hodisa boʻldi. Qirollik va imperatorlik zargarlik buyumlarining qiymati 88 million yevrolik boʻlsada, oʻgʻrilar tomonidan binoga kirishdagi usul — kran ishlatish va oynani sindirish — soddaligi bilan ajablantirdi.
Buning ustiga, bu ish kuppa-kunduz sodir boʻlgan. Oʻgʻrilikdan yarim oy oʻtib, ish boʻyicha yangi maʼlumotlar eʼlon qilinib, odamlarni hayratga solmoqda. Soʻnggi yangiliklar xavfsizlik kompyuter tizimlariga oid.
Muzeyning texnologik himoyasi yetarli emasligi aniq koʻrinib qoldi. Fransiya gazetasi "Liberation"ning xabar berishicha, Milliy Axborot Xavfsizligi Agentligi 2014–2025 yillar orasida oʻtkazilgan bir nechta auditlarda koʻplab kompyuter muammolarini aniqlagan. Koʻplab muammolar mavjud boʻlsa-da, ularning eng koʻzga tashlanadiganlaridan biri shundaki, Luvrning videokuzatuv tizimi paroli LOUVRE boʻlgan.
Ammo Luvrning paroli yagona muammo emas edi.
Gap shundaki, Luvr dunyodagi eng nufuzli muzeylardan biri hisoblanadi va uning himoya tizimi shu darajada zaif. Iqtisodiy va tarixiy qiymati oʻlchab boʻlmas darajada katta boʻlgan muzeyga nisbatan bunday sayoz munosabat koʻpchilikni ajablantirdi.
Milliy Axborot Xavfsizligi Agentligining keyingi tekshiruvlari 2017 yilda ham shunga oʻxshash muammolarni koʻrsatgan edi. 2025 yilga oid boshqa hisobotda esa videokuzatuv va kirish tizimlarini nazorat qiluvchi "Sathi" xavfsizlik dasturini yangilab boʻlmasligi qayd etilgan. Umuman olganda, auditlar kompyuter tizimlari eskirganligi va jiddiy xavfsizlik muammolariga ega ekanligini maʼlum qilgan. Bu esa bunday darajadagi muassasa uchun mutlaqo yarashmaydigan holat sanaladi.
Oʻgʻrilik oktabr oyida yuz berdi. Oʻgʻrilar jami sakkizta zargarlik buyumini — diadema, marjon, sirgʻa va toʻqnagʻichlarni olib ketgan. Ularning barchasi XIX asrga mansub.