FIFA U17: oʻsmirlarimiz ishonchli gʻalaba bilan boshladi
Uchrashuvda Azizbek Abdumoʻminov ikki bora raqib darvozasiga gol urib, dubl qayd etdi.

U17 jjahon chempionati doirasida Oʻzbekiston ilk gʻalabaga erishdi.
Qatarda davom etayotgan U-17 jahon chempionatining ilk turida oʻsmirlarimiz Paragvayga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda Azizbek Abdumoʻminov 25 va 45+1 daqiqalarda ikki bora raqib darvozasiga gol urdi.
Paragvayliklar 89-daqiqada ppenalti evaziga hisobni qisqartirdi. Penaltini Alan Ledesma amalga oshirdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston musobaqada ilk 3 ochkoni qoʻlga kiritdi.