platina.uz
Jamiyat

Chiqindi boʻyicha yarim milliard soʻmdan oshiq pul aholi foydasi hisob-kitob qilindi

Sirdaryo viloyatida xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagani oqibatida atrof-muhitda chiqindilar koʻp miqdorda toʻplangan. 

Chiqindi boʻyicha yarim milliard soʻmdan oshiq pul aholi foydasi hisob-kitob qilindi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan sifatsiz xizmat koʻrsatilgani yuzasidan chiqindi tashish korxonalariga tegishli koʻrsatmalar yuborildi.

Raqobat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalariga fuqarolardan qattiq maishiy chiqindi tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanishi, chiqindilarni belgilangan davrda olib ketilmasligi va sifatsiz xizmat koʻrsatilayotgani kabi masalalar yuzasidan joriy yilning oʻtgan 9 oyida 1 000 taga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Xususan, murojaatlarning katta qismi Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlariga tegishli.

Shu bilan bir qatorda, Qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida bu borada oʻrganishlar oʻtkazganida isteʼmolchilarga koʻrsatilmagan xizmatlar uchun qarzdorlik hisoblangani ham aniqlangan.

Misol uchun, Sirdaryo viloyatida xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagani oqibatida atrof-muhitda chiqindilar koʻp miqdorda toʻplangan, ammo shunga qaramay fuqarolar koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq toʻlashgan. Qayta qilingan hisob-kitoblar natijasida 628 mln soʻm isteʼmolchilar foydasiga hal etilishi taʼminlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmita tomonidan aholi yashash punktlaridan qattiq maishiy chiqindilarni belgilangan muddat va sifatda tashib ketilishini taʼminlash hamda asossiz qarzdorlik hisoblanishining oldini olish choralarini koʻrish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga koʻrsatma yuborildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid