platina.uz
Madaniyat

15 dekabr Butunjahon turkiy tillar kuni deb eʼlon qilindi

1893 yilning aynan shu kunida daniyalik olim Vilgelm Tomsen Oʻrxun bitiklari alifbosini oʻqib chiqqanini maʼlum qilgandi. 

15 dekabr Butunjahon turkiy tillar kuni deb eʼlon qilindi

15 dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni sifatida belgilandi.

YuNESKO Bosh konferensiyasining Samarqanddagi sessiyasida 15 dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni, deb eʼlon qilindi.

Bu sana ramziy maʼnoga ega. 1893 yilning aynan shu kunida daniyalik olim Vilgelm Tomsen oʻzbek, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, turk va turkman tillarining vujudga kelishiga sabab boʻlgan, turkiy tillar oilasining kelib chiqishidan dalolat beruvchi eng qadimgi yozma hujjatlardan biri — Oʻrxun bitiklari alifbosini oʻqib chiqqanini maʼlum qilgan.

YuNESKO maʼlumotlariga koʻra, turkiy tillar dunyo boʻylab 12 million kvadrat kilometrga yaqin hududda yashovchi 200 milliondan ortiq insonning ona tili hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid