platina.uz
Jahon

Galaxy S26 smartfoni qanday koʻrinishda boʻladi? Muhim oʻzgarishlar ochiqlandi

Galaxy S26 dizayni avvalgidek nozik, biroq muhim oʻzgarishlarga ega: kameralar endi alohida qism ostida joylashtiriladi. Uchta kamera sensori avvalgi modellardagi kabi vertikal joylashuvda qoladi. 

Galaxy S26 smartfoni qanday koʻrinishda boʻladi? Muhim oʻzgarishlar ochiqlandi

Samsung Galaxy S26 smartfoni korpusining koʻrinishi maʼlum boʻldi. Oʻzgarishlar nozik, biroq muhim ahamiyatga ega.

Samsungning yangi Galaxy S26 smartfoni dizaynidagi muhim oʻzgarishlar yangi himoya gʻilofi orqali oshkor boʻldi. Kompaniya dizaynda katta oʻzgarish qilmagan boʻlsa-da, "camera island" yaʼni barcha kameralar bitta umumiy platformada joylashishi deyarli tasdiqlandi.

Galaxy S26 dizayni avvalgidek nozik, biroq muhim oʻzgarishlarga ega: kameralar endi alohida qism ostida joylashtiriladi. Uchta kamera sensori avvalgi modellardagi kabi vertikal joylashuvda qoladi.

Kameralar joylashgan alohida qism korpusning umumiy qalinligidan biroz balandroq boʻladi. LED chiroq esa avvalgi joyida qoladi.

Smartfon gʻilofining rasmi shuni koʻrsatadiki, Galaxy S26 avvalgi model yaʼni S25'dagi kabi yumaloq burchaklarga ega boʻladi. Shuningdek, ekran maydonini kengaytirish uchun ramka qalinligini kamaytirishi mumkin.

Avvalroq Samsung Galaxy S26 Pro va S26 Edge modellari S26 Ultra bilan birga taqdim etilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq soʻnggi xabarlarga koʻra, kompaniya faqat asosiy (S26), Plus va Ultra modellari bilan cheklanadi, Pro hamda Edge versiyalari chiqarish gʻoyasi esa bekor qilingan.

Galaxy S26 va S26 Pro bir xil dizaynda qoladi. Ultra modeli esa yanada qalin boʻladi — umumiy platformadan tashqarida ikkita qoʻshimcha kamera halqasi va LED chiroq joylashadi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, S26 seriyasi 25 fevral kuni taqdim etilishi mumkin. Uning ilk namoyishi San-Fransiskoda oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda Galaxy AI (sunʼiy intellekt) yangiliklariga alohida eʼtibor qaratilishi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid