platina.uz
Iqtisod

Banklardan qimmatbaho metall sotib olishda yangi tartiblar joriy etiladi

Tijorat banklari oltin quymalarni Markaziy bankdan shartnoma asosida xarid qilib, mustaqil narxlarda realizatsiya qiladi. 

Banklardan qimmatbaho metall sotib olishda yangi tartiblar joriy etiladi

Tijorat banklarida qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarning yangi tartibi joriy etildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Jismoniy va yuridik shaxslar oltin quymalarni shuningdek raqamli (jismoniy boʻlmagan) oltin va kumushni banklarning mobil ilovalari orqali real vaqt rejimida sotib olish va sotishlari mumkin.

Bu tartib fuqarolar va korxonalar uchun yangi investitsiya imkoniyatlari yaratadi. Kichik summalardan boshlab jamgʻarish va sarmoya kiritish imkoniyati mavjud.

Tijorat banklari oltin quymalarni Markaziy bankdan shartnoma asosida xarid qilib, mustaqil narxlarda realizatsiya qiladi.

Narxlar London qimmatbaho metallar uyishmasi fiksingi asosida shaffof belgilab boriladi va banklarning rasmiy sahifalarida muntazam yangilanadi.

Barcha operatsiyalar onlayn, tez va xavfsiz, bank tizimlari orqali identifikatsiya va autentifikatsiya asosida amalga oshiriladi.

Ushbu mexanizm Oʻzbekiston fuqarolariga qimmatbaho metallar orqali jamgʻarish va investitsiya qilishning zamonaviy, qulay va raqamli yoʻlini taqdim etadi.

Elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishdagi qimmatbaho metall bank tomonidan mijozga sotish va qaytarib sotib olish obʼekti boʻlib hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mijozga qimmatbaho metall jismoniy koʻrinishda berilishi taʼqiqlanadi.

Metall hisobvaraq orqali qimmatbaho metallarni bankning mobil ilovasi orqali sotib olish va qaytarib sotishda toʻlov bankning mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtgan bank kartasi, bank hisobvaragʻi yoki elektron hamyon orqali amalga oshiriladi.

Toʻlov muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng, bank tomonidan bankning mobil ilovasi orqali mijozga elektron (jismoniy boʻlmagan) koʻrinishdagi qimmatbaho metall sotib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid