Andijonda tuman hokimi oʻrinbosari qoʻlga olindi
U doʻkon qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish bahonasida fuqarodan pul talab qilgan.

Andijonda tuman hokim oʻrinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi. Amaldor qaysi tumanda faoliyat yuritishi aytilmagan.
Ichki ishlar va DXX hamkorligida korrupsiyaga qarshi qator tadbirlar oʻtkazilgan.
Tadbirlardan birida, mansabdor 400 metrli suv yoʻlini yopiq tizimga oʻtkazish evaziga hosil boʻladigan yerda doʻkon qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish bahonasida fuqarodan pul talab qilgan.
Hokim oʻrinbosari 15 ming dollar olayotganda qoʻlga olingan. Hozirda unga nisbatan JKning 168-moddasi boʻyicha ish ochilib, qamoqqa olish chorasi qoʻllanilgan.