Surxondaryoda 5 ballik yer silkinishi sodir boʻldi
Favqulodda vaziyatlar organlariga biror talofat haqida maʼlumot hamda murojaatlar kelib tushmagan.

Surxondaryoda yer silkinishi sodir boʻldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga koʻra, Oʻzbekiston vaqti bilan soat 01:29 da epitsentri Afgʻonistonning Samangon hududida 30 km chuqurlikda boʻlgan, magnitudasi 6,8 balli zilzila sodir boʻldi.
Uning Surxondaryo viloyatiga sezilish kuchi 5 ballni tashkil etdi.
Shuningdek, Qashqadaryo — 3-4 ball;
Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo — 3 balllik zilzila kuzatildi. Toshkent shahri va Fargʻona — 2-3 ball.
Ayni vaqtga qadar Favqulodda vaziyatlar organlariga biror talofat haqida maʼlumot hamda murojaatlar kelib tushmagan.