platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi

Bu ikki davlat munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, iqtisodiyot, madaniyat, gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi

2026 yil 1 yanvardan boshlab Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kungacha boʻlgan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega boʻladilar.

Ushbu tartib 2025 yil 3 noyabrdagi 203-sonli Prezident farmoni bilan belgilangan boʻlib, u Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda savdo, iqtisodiyot, madaniyat, gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

"Yangi siyosat ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni chuqurlashtirish hamda biznes, taʼlim va madaniy almashinuvlarni kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi. Vizasiz tartib AQSh fuqarolariga Oʻzbekiston boʻylab erkin sayohat qilish, mamlakatning boy tarixiy merosini kashf etish, shuningdek, uning investitsiya va turizm imkoniyatlarini oʻrganish imkonini beradi", deya izohlangan hujjatda.

Vizalar tartibining liberallashtirilishi AQShdan kelayotgan sayyohlar soni ortishiga, biznes aloqalari mustahkamlanishiga hamda Oʻzbekistonning ochiq va mehmondoʻst mamlakat sifatidagi ijobiy xalqaro imijini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid