Namanganda chiqindi tariflari oshiriladi
Qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi aytilgan, ammo bu qonunchilikka zid hisoblanadi.

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi 1 noyabr kuni maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish tariflarini oshirish haqida qaror qabul qilgan.
Yangi narxlar qaror rasmiy manbalarda eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi aytilgan, ammo bu qonunchilikka zid hisoblanadi. Qonunchilikka koʻra, har qanday kommunal toʻlovlar tariflari yangilansa, kamida 15 kun oldin eʼlon qilinishi kerak.
Yangi narxlar:
- aholi uchun oyiga bir kishiga – 7280 (QQS bilan) soʻm;
- yuridik korxonalar uchun (bir metr kub) – 100 800 (QQS bilan) soʻm.

Hozircha viloyatning birorta rasmiy nashrida bu haqda eʼlon berilmagan. Hokimiyatning rasmiy sayti esa ishlamayapti.