platina.uz
Jahon

Meksikada shahar meri bayram vaqtida otib oʻldirildi

 Uruapan shahri meri Karlos Alberto Manzo Rodriges shahar tarixiy markazida otib oʻldirilgan. U giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashi bilan mashhur edi. 

Meksikada shahar meri bayram vaqtida otib oʻldirildi

Meksikada “Murdalar kuni” bayrami chogʻida mer otib oʻldirildi.

Nomaʼlum shaxs tomonida mega 7 marotaba oʻq uzilgan.

Meksikaning gʻarbiy qismidagi Michoacan shtatida shanba oqshomida “Murdalar kuni” (Dia de Muertos) bayrami chogʻida jamoat maydonida oʻnlab odamlar koʻz oʻngida bir shahar meri otib oʻldirildi, deya xabar qiladi mahalliy hokimiyat.

Bu hodisa mamlakatdagi mahalliy siyosatchilar duch kelayotgan zoʻravonlik muammosining yana bir misolidir.

Uruapan shahri meri Karlos Alberto Manzo Rodriges shahar tarixiy markazida otib oʻldirilgan. U darhol shifoxonaga yetkazilgan, biroq olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan, deya maʼlum qildi shtat prokurori Karlos Torres Pina.

Hujum chogʻida bir nafar shahar kengashi aʼzosi va tan soqchisi ham jarohat oldi. Federal xavfsizlik kotibi Omar Garsia Harfuch yakshanba kuni jurnalistlarga bergan bayonotida qotil voqea joyida oʻldirilganini maʼlum qildi.

Garsia Harfuchning aytishicha, merga qarshi hujum nomaʼlum shaxs tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, u unga yetti marta oʻq uzgan. Michoakan Meksikaning eng zoʻravon hududlaridan biri boʻlib, u yerda turli kartellar va jinoyat guruhlari hudud, giyohvand moddalar savdosi yoʻllari va boshqa noqonuniy faoliyatlar ustidan nazorat uchun kurash olib boradi.

Manzo Rodrigesga uyushtirilgan hujum videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Tasvirda oʻnlab mahalliy aholi va sayyohlar — baʼzilari niqobda va yuzlariga boʻyoq surtgan holda — yuzlab yonayotgan shamlar, atirgullar va bosh suyak shaklidagi bezaklar orasida bayramni nishonlayotgani koʻrinadi. Shu payt bir necha oʻq ovozi eshitiladi va odamlar yashirinishga shoshilishadi.

Garsia Harfuchning soʻzlariga koʻra, Manzo Rodriges 2024 yil dekabr oyidan beri alohida davlat himoyasida boʻlgan — bu lavozimni egallaganidan uch oy oʻtib amalga oshirilgan choradir. Oʻtgan yilning may oyida esa uning xavfsizligi yanada kuchaytirilib, shahar politsiyasi va Milliy gvardiyaning 14 nafar xodimi jalb etilgan. Biroq bu qarorga nima sabab boʻlgani aniq ochiqlanmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid