platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda “Hududgaz” xodimi 6 ming dollar bilan ushlandi

Xodim Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlimi tomonidan olib borilayotgan tekshiruv boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik masalasini hal qilib berish evaziga pul soʻragan. Uning boʻlimdagi "tanishi"ga nisbatan ham tekshiruv tayinlandi. 

Jizzaxda “Hududgaz” xodimi 6 ming dollar bilan ushlandi

Jizzaxda “Hududgaz” xodimi 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali yetakchi mutaxassisi Jizzax shahrida faoliyat yurituvchi MChJda oʻtkazilgan tekshiruvda nosoz gaz hisoblash uskunasidan foydalanilganligini aniqlab, bu boʻyicha tegishli dalolatnoma tuzadi.

Afsuski, u oʻz xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, tuzilgan dalolatnomani bekor qilish hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jizzax shahar boʻlimi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik masalasini hal qilib berish evaziga MChJ vakilidan 6 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ushbu “yetakchi mutaxassis” soʻralgan pul mablagʻini “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, oʻtkazilgan laboratoriya tekshiruvi natijasiga koʻra, gaz hisoblagich tashqi taʼsir koʻrsatilmagan holda nosoz holatga kelgan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Dastlabki tergov harakatlari doirasida yetakchi mutaxassisni IJQKD Jizzax shahar boʻlimidagi “tanishi”ning shaxsiga aniqlik kiritilib, hozirda unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid