platina.uz
Jamiyat

Xonobod va Ohangaron shaharlari hokimi oʻzgardi

Shu paytgacha Ohangaron shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rajabboyev ishda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilgan. 

Xonobod va Ohangaron shaharlari hokimi oʻzgardi

Abdurahmonov Elyorbek Inomidinovich Xonobod shahri hokimi etib tayinlandi.

Elyorbek Abdurahmonov 1986 yilda Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan.

U 2007 yil Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Ohangaron shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev oʻtgan qariyb ikki yil mabaynida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy maʼruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich ishda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Ohangaron shahar hokimi lavozimiga Ohangaron tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan Sadriddin Shoqosimov nomzodini tavsiya qildi.

Nomzod shaharning yaqin istiqboli yuzasidan taqdimot qildi.

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi S. Shoqosimovni shahar hokimi etib tasdiqladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid