platina.uz
Jamiyat

Toshkentda isitish mavsumi 3 noyabrdan boshlanadi

Shu kuni dastlab ijtimoiy obʼektlarga (maktab, bogʻcha, shifoxona va boshqalar) issiqlik beriladi. 

Toshkentda isitish mavsumi 3 noyabrdan boshlanadi

Poytaxtda issiqlik taʼminoti 3 noyabrdan yoqiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Toshkentda issiqlik berilishi boshlanadi.

Toshkent shahar hokimligi qaroriga koʻra, 3 noyabrdan — ijtimoiy obʼektlarda (maktab, bogʻcha, shifoxona va boshqalarda), 5 noyabrdan — turar joy binolarida markazlashgan issiqlik taʼminoti yoʻlga qoʻyiladi.

Avvalroq Toshkent viloyatida isitish tizimi yoqilishi xabar qilingandi.

Shahar va tuman hokimlari 1 hafta ichida qoʻshimcha ravishda barcha ijtimoiy soha obʼektlaridagi isitish qozonlarini xatlovdan oʻtkazishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid