Shohruh Boltayev Karmana tumani hokimi etib tayinlandi
Tayinlovga qadar u tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari edi.

Boltayev Shohruh Shavkatovich - Karmana tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.
Tayinlovga qadar Shohruh Boltayev Karmana tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, Sh.Boltayev 1988 yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan.
2012 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2021 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Karmana tumani hokimi lavozimida avval Valijon Adizov ishlab kelayotgandi.