platina.uz
Jamiyat

Odiljon Yaqubov Sariosiyo tumani hokimi boʻldi

Avval ushbu vazifada ishlab kelgan Abduqodir Donayev boshqa ishga oʻtgan. 

Odiljon Yaqubov Sariosiyo tumani hokimi boʻldi

Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Shu vaqtga qadar Sariosiyo tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Abduqodir Donayev boshqa ishga oʻtganligi sababli lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi.

Viloyat rahbari tuman hokimi vazifasiga Yaqubov Odiljon Almaxamadovich nomzodini taklif qildi va nomzod tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

Odiljon Yaqubov 1983 yilda Oltinsoy tumanida tugʻilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, Denov va Termiz tumanlarida davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Forish, Navbahor, Narpay va boshqa huduudlarga hokimlar tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid