platina.uz
Jamiyat

Navbahor va Narpay tumanlarida ham hokimlar tayinlandi

Alisher Rashidov Navoiy viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. U endi Navbahor tumanini boshqaradi. 

Navbahor va Narpay tumanlarida ham hokimlar tayinlandi

Rashidov Alisher Abdurazoqovich - Navbahor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Alisher Rashidov Navoiy viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Maʼlumot uchun, Alisher Rashidov 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

U 2006 yilda Toshkent Davlat agrar universiteti qoshidagi qishloq xoʻjalik korxonalari rahbarlarni tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish markazi hamda 2012 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Narpay tumaniga ham hokim tayinlandi.

Bugun xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi va Narpay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalarga toʻxtaldi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Viloyat rahbari shu paytgacha Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Boliyev Anvar Begimovichni Narpay tumani hokimligiga tavsiya etdi.

Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Avval Xonobod va Ohangaron shaharlari hokimi oʻzgargandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid