platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida isitish tizimi yoqiladi

Shahar va tuman hokimlari 1 hafta ichida qoʻshimcha ravishda barcha ijtimoiy soha obʼektlaridagi isitish qozonlarini xatlovdan oʻtkazishi kerak.

Toshkent viloyatida isitish tizimi yoqiladi

Toshkent viloyatida markazlashgan issiqlik taʼminotining ishlash tizimining barcha qismlarini tekshirish hamda imkoniyatini aniqlash uchun 2025 yil 3 noyabr soat 9:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan chiqadigan issiqlik energiyasi aylanma harakati ishga tushiriladi.

Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi, viloyat “Issiqlik taʼminoti” MChJ 2025-2026 yilgi kuz-qish davrida viloyatdagi markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida koʻp kvartirali uylar va ijtimoiy soha obʼektlarini sinov tariqasida isitilishiga tayyorgarlik koʻrish hamda mavsumiy muntazam isitishga oʻtkazish haqida taklif kiritgan.

Mutasaddilar, barcha ijtimoiy soha rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari 2025—2026 yillar mavsumida koʻp kvartirali uylarni va ijtimoiy soha obʼektlarining belgilangan meʼyorlarga koʻra issiqligini taʼminlash, yetkazib berilayotgan issiqlik energiyasi uchun kreditorlik-debitorlik qarzlari oshib ketmasligi uchun shaxsan javobgar etib belgilangan.

Shahar va tuman hokimlari barcha ijtimoiy soha rahbarlari bilan birgalikda bir hafta muddatda qoʻshimcha ravishda barcha ijtimoiy soha obʼektlaridagi isitish qozonlarini xatlovdan oʻtkazishi kerak.

“Hududgaz Toshkent” GTF, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali, “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ uch kun muddatda viloyat “Issiqlik taʼminoti” MChJ tomonidan markazlashgan issiqlik energiyasidan foydalanuvchi isteʼmolchilarga uzluksiz issiqlik energiyasini taʼminlab berish uchun 2025-2026 yilgi isitish mavsumida tabiiy gaz, sovuq suv va elektr energiyasini uzluksiz va yetarli miqdorda yetkazib berish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqib, ijrosini taʼminlashlari kerak.

Eslatib oʻtish kerak, Fargʻona viloyatida ham isitish tizimi ishga tushirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid