Golden House isteʼmolchi huquqini cheklab qoʻygani aniqlandi
Raqobat qoʻmitasi qonun buzilishi holatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan koʻrsatma berdi.

“Golden House Property Group” MChJga qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan koʻrsatma berilgan.
Qoʻmita tomonidan olib borilgan oʻrganishlarda “GOLDEN HOUSE” kompaniyasi tomonidan ulush kiritish asosida koʻp qavatli uydan xonadon xarid qilish shartnomasi shartlarida isteʼmolchi oʻz tashabbusi bilan shartnomani bekor qilgan taqdirda hamda ushbu kompaniya faoliyatiga nisbatan norozilik bildirib OAV, tegishli idora va tashkilotlarga murojaat qilinishiga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summani jarima sifatida ushlab qolinishi isteʼmolchi huquqlarini cheklab qoʻyadigan shartlardan biri ekani aniqlangan.
Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 4, 6, 21 va 23-moddalari talablari asosida “Golden House Property Group” MChJga qonun buzilishi holatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish choralarini koʻrishi yuzasidan belgilangan tartibda koʻrsatma berilgan.