platina.uz
Jahon

Britaniya qirolining ukasi barcha unvon va imtiyozlardan mahrum etildi

U saroyni tark etib, oddiy uyda yashashi kerak boʻladi. Shahzoda Endryu boʻyicha qaror uning amerikalik marhum moliyachi Jeffri Epshteyn aloqalari bilan bogʻliq. 

Britaniya qirolining ukasi barcha unvon va imtiyozlardan mahrum etildi

Britaniya qiroli Charlz III ning ukasi shahzoda Endryu barcha rasmiy unvonlar va majburiyatlardan mahrum qilindi, deb xabar berdi BBC.

U York gersogi, Inverness grafi va Baron Killili unvonlaridan mahrum qilindi va Bukingem saroyida yashash huquqidan mahrum boʻldi.

Bu harakat amerikalik jinoyatchi, qamoqda oʻz joniga qasd qilgan Jeffri Epshteyn ishi bilan bogʻliq yangi ayblovlardan kelib chiqadi. Virjiniya Giuffrening vafotidan keyin nashr etilgan xotiralarida u odam savdosi qurboni boʻlgani va shahzoda bilan yaqin munosabatlarga majburlangani ham aytilgan. Endryu barcha ayblovlarni rad etadi.

Bukingem saroyi vaziyatni juda jiddiy qabul qilishini va batafsil tergov zarur deb hisoblashini maʼlum qildi.

Monarxga yaqin manbalar uning unvonlaridan voz kechishi ixtiyoriy boʻlganini, ammo aslida oiladan uzoqlashishni anglatishini aniqladilar.

Qirol Charlz vaziyatga izoh berar ekan, u "burch va xizmat"ga eʼtibor qaratish niyatida ekanligini va jamoatchilik eʼtiborini boshqa masalalar chalgʻitmasligiga umid qilishini taʼkidladi.

Jeffri Epshteyn voyaga yetmaganlargga nisbatan jinsiy zoʻravonlik mojarosi bilan tanilgan. U 2019 yilda qamoqda oʻz joniga qasd qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid