platina.uz
Madaniyat

Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining sessiyasi ish boshlaydi

Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev mazkur tarixiy tadbirning ochilish marosimida ishtirok etadi. Tadbirda Serbiya, Slovakiya prezidentlari va boshqa faxriy mehmonlar ham qatnashadi.  

Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining sessiyasi ish boshlaydi

Bugun Samarqand shahrida BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti — YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ish boshlaydi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur tarixiy tadbirning ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bu yilgi sessiya qirq yil ichida ilk bor YuNESKOning Parijdagi qarorgohidan tashqarida oʻtkazilmoqda. Bunday nufuzli xalqaro anjumanning Oʻzbekistonda tashkil etilishi mamlakatning tashkilot tamoyillari va qadriyatlariga sadoqatini, shuningdek, tinchlik, oʻzaro anglashuv va barqaror rivojlanish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini, qolaversa oʻzbek diplomatiyasining yutugʻini namoyon etadi.

YuNESKOning ushbu 43-sessiyasi doirasida taʼlim, fan, madaniyat, ekologiya, texnologiya va kommunikatsiya sohalaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bagʻishlangan 150 dan ortiq turli formatdagi tadbirlar oʻtkaziladi.

Mazkur xalqaro anjumanda 200 dan ziyod mamlakat va xalqaro tashkilotlardan delegatsiyalar, shuningdek, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini hamda boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishadi.

Maʼlumot uchun: YuNESKO — 1945 yilda tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasasi boʻlib, taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Oʻzbekiston YuNESKOga 1993 yilda aʼzo boʻlgan. 1996 yilda Toshkentda ushbu tashkilot vakolatxonasi ochilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid