Ravshan Gʻulomov Prezidentning hududiy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi
Obid Hakimov esa iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchi boʻldi va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan qator tayinlovlar eʼlon qilindi.
Ravshan Ayubovich Gʻulomov Prezidentning hududiy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchi lavozimidan ozod etildi.
Obid Arzikulovich Hakimo Prezidentning iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu sabab Prezidentning iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Aziz Yuldashevich Magʻrupov Prezidentning hududiy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan tashqi investitsiyalar boʻyicha vakil lavozimidan ozod etildi.