Oʻzbekistonda ob-havoning keskin oʻzgarishi kutiladi
4-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Kunduz kunlari harorat 8-13 daraja iliq boʻladi.

Joriy yilning 3 noyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda.
3-5-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda qorga aylanadi.
4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, baʼzi joylarda sovuq boʻlishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha boʻladi.
Keyinchalik noyabr oyining oxirigacha havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqdan 18-23 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
Noyabr oyida oʻrtacha oylik havo harorati meʼyordan 1-1.5 daraja past boʻlishi kutilmoqda, baʼzi joylada meʼyorga yaqin boʻladi.
Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunligida (2-3 kun) yogʻingarchilik asosan yomgʻir koʻrinishida kutilmoqda.