Oʻzbekistonda joriy mavsumda ilk bor tuman tushishi kuzatiladi
Respublika boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi, kechqurun Qoraqalpogʻistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin.

Oʻzbekiston hududlari boʻylab joriy kuz mavsumida ilk bor tuman tushishi kuzatiladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" kunlik ob-havo maʼlumotida eʼlon qildi.
30 oktabr kuni kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, kechqurun Qoraqalpogʻistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin.
Baʼzi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s gacha, baʼzi hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, changli toʻzon kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° boʻladi.
Poytaxtda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol tezligi 3-8 m/s gacha boʻladi. Harorat 23-25° boʻladi.
Togʻli hududlarda yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s gacha boʻladi. Harorat 13-18° boʻladi.