Oʻzbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi
Aktyor "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida dublyaj qilingan 400 dan ortiq filmga ovoz bergan. "Alisher Navoiy", "Ulugʻbek xazinasi", "Diyonat"," Girdob", "Ichkuyov", "Sardor"," Oʻtkan kunlar" va boshqa filmlarda rol ijro etgan.

Oʻzbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi.
Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasi raisi, Oʻzbek Milliy Akademik drama teatri va kino aktyori, “Doʻstlik” ordeni sohibi, dublyaj ustasi – Yoqub Ahmedov bugun 87 yoshida vafot etdi.
Mashhur sanʼatkor 1938 yilning 3 yanvar kuni Namanganda tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgandan soʻng, 1958 yildan beri Hamza nomidagi Oʻzbek Davlat akademik drama teatri aktyori, 1992 yildan esa shu teatrning direktori lavozimida faoliyat koʻrsatdi.
Yoqub Ahmedov uzoq yillar shu ijodiy jamoada ishlash jarayonida 50 dan ortiq spektakllarda asosiy rollarni oʻynadi.
Aktyor "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida dublyaj qilingan 400 dan ortiq filmga ovoz berdi. Taniqli sanʼatkor "Alisher Navoiy"," Ulugʻbek xazinasi", "Diyonat"," Girdob", "Ichkuyov" va boshqa videofilmlarda ham yetakchi rollarni ijro etdi.
Yoqub Ahmedovning sermahsul ijodi "Oʻzbekiston xalq artisti" unvoni, 1977 yilda Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1997 yilda "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.