platina.uz
Jamiyat

Nurafshonda nuroniylar va maʼrifat binolarini qurishga 4,6 mlrd ajratiladi

Toshkent viloyatida yana boshqa xarajatlar bilan birga jami 18 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ sarflanadi.

Nurafshonda nuroniylar va maʼrifat binolarini qurishga 4,6 mlrd ajratiladi

Nurafshon shahridagi Navroʻz mahallasi hududida “Nuroniylar maskani” hamda “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” binolarini qurish uchun 4,6 mlrd soʻm ajratiladi.

Shuningdek, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati boʻlimining maʼmuriy binosini qurish-taʼmirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlab, obʼektni foydalanishga topshirish uchun 5,1 mlrd soʻm sarflanadi.

Viloyat hokimligi xodimlarining ish faoliyatiga qulay shart-sharoit yaratish, internet xizmatlari, texnik xizmat koʻrsatish, serverlarda xosting, ichki axborot resurslarini ishlatish va boshqarish, tashqi axborot resurslarini texnik qoʻllab-quvvatlash, joylashtirish hamda ekspluatatsiya qilish xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun 385,1 mln soʻm ajratiladi.

Bundan tashqari:

  • “Olmaliq shahrida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 6,2 mlrd soʻm;
  • Oʻrta Chirchiq tumani Qorasuv MFYda joylashgan mahalla huquq-tartibot binosini taʼmirlash uchun 3,2 mlrd soʻm;
  • Angren shahar Ozodlik mahallasiga issiqlik quvuri tarmogʻini tortish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va texnikalar xarid qilish uchun 8,2 mlrd soʻm.

Barcha pullar davlat byudjetidan ajratilishi koʻzda tutilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid