Najmiddin Qosimhojiyev jahon chempioni boʻldi
Xitoyda oʻtayotgan taekvondo WT boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqdi.

Taekvandochi Najmiddin Qosimhojiyev jahon chempioni boʻldi.
Xitoyda oʻtayotgan taekvondo WT boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqdi. -74 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda barcha raqiblarini magʻlub etgan Najmiddin Qosimhojiyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Sportchi finalda braziliyalik Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Edibal Pontesni magʻlub etib, erkaklar taekvondosida 10 yil kutilgan chempionlikni taqdim qildi.