Gʻallaorol tumani hokimining audiosi tarqaldi
Jaloliddin Oqboyev ish vaqtidan tashqari paytlarda turli majlislar oʻtkazayotgani haqida murojaatlar ham koʻpaygan.

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimi Jalolidin Oqboyevga tegishli ekani aytilgan audioyozuv tarqaldi.
6 oktabr kuni soat 19:30 larda tuman tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilgan. Murojaatlarga koʻra, ushbu hokim ishdan tashqari vaqtlarda koʻp majlis oʻtkazadi.
"Ushbu yigʻilishda Xalq banki boshqaruvchisi Raximov Xurshidni qishloq xoʻjaligi boʻyicha import qilinayotgan qoʻylarni olib kelish uchun tadbirkorga kredit ajratishda hujjatlar tayyor boʻlmagani sababli kurakda turmas soʻzlar bilan haqorat qildi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh mutaxasislarini ham gʻururiga tegib haqorat qildi", deyiladi murojaatda.