platina.uz
Jamiyat

Ayrim davlat organlari va tashkilotlarga nisbatan chora koʻrildi

Ular (jumladan 6 hokimlik) davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda monopoliyaga qarshi tashkilotning ruxsatini olmagan. 

Ayrim davlat organlari va tashkilotlarga nisbatan chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan ayrim tashkilotlarga chora koʻrildi. Qoʻmita 2025 yil davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib bordi.

Olib borilgan oʻrganish ishlari davomida, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan quyidagi tashkilotlarga, jumladan:

-6 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari - Nukus va Yangiyer shahar, Qiziriq, Buvayda, Shayxontohur va Sergeli tumani hokimliklari;

-2 ta Qoʻngʻirot va Sharof Rashidov tumani Obodonlashtirish boshqarmalari;

-13 ta oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari - Xoʻjaobod Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va Agrotexnologiyalar instituti, Buxoro Davlat universiteti, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti va uning Olmaliq filiali, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Yangi Oʻzbekiston universiteti, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Yadro fizika instituti;

-8 ta davlat korxonalari va byudjet tashkilotlari - "Urugʻchilikni rivojlantirish markazi" DM, Oʻzbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Qashqadaryo viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi, Quvasoy shahar 1-son sport maktabi, Namangan viloyat xoʻjalik hisobidagi dezinfeksiya stansiyasi, Toshkent shahar hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi, "Qurilish sohasida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DM;

-9 ta davlat ishtirokidagi korxonalar - "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekekspertiza" AJ, "Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻzbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK, "Toshkent metropoliteni" DUK, "Shoʻrtangaz kimyo majmuasi" MChJ, "Surxondaryodonmahsulotlari" AJ, "Toshkent tumani koʻp tarmoqli dehqon bozori" MChJ, Hazorasp ulgurji savdo kompleksi direksiya;

Raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining Maxsus komissiyasi tomonidan yuqoridagi korxonalarga nisbatan "Raqobat toʻgʻrisida" qonun talablariga amal qilinmagani, yaʼni davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chogʻida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmagani yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, qonun talablariga asosan ayrim subʼektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid