platina.uz
Siyosat

Xususiy sektorda dekret va ishdan boʻshash pullari toʻlanmayapti

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga hisobot berildi.

Xususiy sektorda dekret va ishdan boʻshash pullari toʻlanmayapti

Xususiy sektorda band boʻlgan aholining barchasiga ham homiladorlik, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va ishdan boʻshash boʻyicha nafaqalar toʻlab berilmayapti. Bu haqda bugun oʻtgan taqdimotda prezident Shavkat Mirziyoyevga hisob berildi.

Qayd etilishicha, bu holatni toʻlovlar koʻp hollarda ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxining oshishiga olib kelayotgani va raqobatbardoshlikka taʼsir koʻrsatayotgani, ish beruvchilar nafaqalarni toʻlashga ortiqcha yuklanma sifatida qarayotgani, byudjetdan qoplab berilayotgan tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori kamligi sababli tadbirkorlar uchun ushbu tizim jozibador emasligi bilan izohlanyapti.

Ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimotda aholini ijtimoiy nafaqalar bilan qamrovini oshirish hamda milliy ijtimoiy sugʻurta tizimini xalqaro hujjatlarga uygʻunlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, rasmiy band boʻlgan barcha shaxslarga nafaqalar bosqichma-bosqich Ijtimoiy himoya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanishi yoʻlga qoʻyiladi. 2026 yildan boshlab ayollarga homiladorlik nafaqasi, 2026 yil ikkinchi yarmidan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari toʻlab boriladi.

Prezident takliflarni maʼqullab, ijtimoiy sugʻurta sohasini raqamlashtirish, tizim shaffof ishlashini, nafaqalar proaktiv ravishda tayinlanib, toʻlab borilishini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Maʼlumot uchun, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida fuqarolarning bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida kambagʻallik darajasi 2021 yildagi 17 foizdan 6,8 foizga, kam taʼminlangan oila sifatida nafaqa oluvchilar soni esa 14 foizdan 6,1 foizga kamaygan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid