"Paxtakor" hakamning bahsli qarori bilan gʻalaba qozondi
Andijonda Oʻzbekiston kubogi finalida "Paxtakor" va "Buxoro" toʻqnash keldi.

Toshkentning "Paxtakor" klubi Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi.
Poytaxt klubi hakamning bahsli qarori bilan gʻalaba qozondi.
Dastlab 63-daqiqada Hojimat Erkinov hisobni ochdi. 90+3 daqiqada buxoroliklar hisobni tenglashtirdi. Biroq, VAR ushbu golni oʻyindan tashqari deb topdi.
Paxtakor" – "Buxoro" 1:0
29 oktabr. Andijon. "Bobur Arena"
Gol: 1:0 – 63, Hojimat Erkinov.