Kredit olishda yangi tartiblar joriy etiladi
Banklar fuqarolarni ortiqcha qarzga undamasligi, davlat nafaqalari hisobidan qarz undirmasligi haqidagi qoidalar kuchaytirildi.

Bankdan kredit olishda jarayoni boʻyicha yangi talablar joriy etiladi.
Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini yanada shaffof va adolatli qilish maqsadida bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan munosabatlarda qoʻyiladigan minimal talablarni yangiladi.
Yangi chek-list joriy etiladi — u orqali mijoz kredit olishdagi barcha tavakkalchilik va majburiyatlar haqida oldindan maʼlumot oladi.
Kredit toʻlovlarini kechiktirayotgan fuqarolar uchun shartnomani oʻzgartirish va yengillik berish tartibi belgilanadi.
Banklar fuqarolarni ortiqcha qarzga undamasligi, davlat nafaqalari hisobidan qarz undirmasligi haqidagi qoidalar kuchaytirildi.
Mijoz roziligisiz oldindan belgilangan belgilar yoki kredit parametrlarini kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida aniq va standart maʼlumot berish majburiyati joriy etilmoqda.
Yangi normalar 2026 yil 29 yanvardan kuchga kiradi.